Janubiy Koreyadagi SolBridge International School of Business bilan hamkorlikda “Global Leadership and Management Excellence” mavzusida 14 kunlik qisqa muddatli o‘quv seminari tashkil etilmoqda

01-05-2026 | 38

Janubiy Koreyadagi SolBridge International School of Business bilan hamkorlikda “Global Leadership and Management Excellence” mavzusida 14 kunlik qisqa muddatli o‘quv seminari tashkil etilmoqda

#GSBE #GraduateSchool #SouthKorea #SolBridge #Training

Ushbu dastur zamonaviy biznes muhitida muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo‘lgan eng muhim kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda chuqurlashtirilgan bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:

  • Inson resurslarini boshqarish (HRM): tanlash, rivojlantirish va samaradorlikni oshirish
  • Mahsulot ishlab chiqish: g‘oya yaratishdan tortib bozorga chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlar
  • Risk-menejment: xavflarni aniqlash, tahlil qilish va boshqarish strategiyalari
  • Yetakchilik va tashkilot boshqaruvi: jamoa bilan ishlash, motivatsiya va o‘zgarishlarni boshqarish
  • Strategik menejment: raqobat muhiti va strategik qarorlar qabul qilish
  • Kiberxavfsizlik asoslari va zamonaviy tahdidlar

 

Dastur nafaqat nazariy bilim, balki haqiqiy xalqaro tajribani ham taqdim etadi ishtirokchilar Koreyaning yetakchi kompaniyalariga tashrif buyuradi, Janubiy Koreyaning eng mashhur maskanlarida madaniy sayohatlarda qatnashadi hamda koreys an’analari va biznes madaniyatini bevosita o‘rganadi.

Dastur yakunida ishtirokchilarga SolBridge International School of Business tomonidan sertifikat topshiriladi.

Ushbu seminar sizga xalqaro muhitda o‘qish, global networking va amaliy bilimlarni oshirish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.

Dastur haqida batafsil ma'lumot uchun: 71 239 03 03, @gsbeuz_bot