Yangiliklar
Toshkent davlat texnika universitetida “G‘oyadan biznesgacha” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
30-04-2026 | 232
Joriy yilning 30-aprel kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillari Toshkent davlat texnika universitetida tashkil etilgan “G‘oyadan biznesgacha: yoshlar uchun imkoniyatlar va davlat qo‘llovi” mavzusidagi seminarda ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Seminarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sardor Donayev olib bordi. Tadbirda universitet talabalari, shuningdek magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olayotgan yoshlar faol ishtirok etishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Tadbirda shuningdek Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Biznes-inkubator va startap-loyihalar bilan ishlash markazi rahbari G‘ofurjon Usmanov ham ishtirok etdi. U o‘z chiqishida yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan startap g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, biznes-inkubatsiya jarayonlari hamda innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.