Namangan viloyatida “Eng yaxshi g‘oya” loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi

30-04-2026 | 37

Namangan viloyatida “Eng yaxshi g‘oya” loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi

#GSBE #GraduateSchool #Startup #Eauksion #Eauksionshop

Joriy yilning 30-aprel kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan viloyati hududiy filiali hamda IT Park va “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” Namangan viloyati vakillari ishtirokida “Eng yaxshi g‘oya” loyihasi doirasida Kosonsoy tumani 2-son texnikumida “Yoshlar bilan startaplarni tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida ishtirokchilar uchun “Startaplarni qo‘llab-quvvatlash kompleks ekotizimi” hamda “Onlayn savdolarni tashkil etish, davlat mulklarini sotish va ijaraga berish, shuningdek tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini sotish” mavzularida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan viloyati hududiy filiali rahbari L. Bo‘riyev, bosh mutaxassis X. Hikmatov, IT Park Namangan viloyati hududiy filiali startaplarni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Z. Mamadaliyev hamda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Namangan viloyati filiali rahbari A. Mirzaxmedov tomonidan olib borildi.

O‘quv jarayonida startaplar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, ularni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish mexanizmlari, shuningdek “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali mulklarni xarid qilish hamda “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali xususiy buyurtmalarni shakllantirish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.

Mazkur seminar hudud yoshlari uchun startap loyihalar bo‘yicha bilimlarini kengaytirish, tadbirkorlik salohiyatini oshirish hamda loyiha ishlab chiqish va boshqarish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.