Buxoro viloyatida “Yoshlar startaplari - kelajak iqtisodiyotining poydevori” mavzusida davra suhbati

29-04-2026 | 247

Buxoro viloyatida “Yoshlar startaplari - kelajak iqtisodiyotining poydevori” mavzusida davra suhbati

#GSBE #GraduateSchool #Startup #Entrepreneurship

    Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Buxoro viloyat hududiy filiali hamda Vobkent tuman hokimligi hamkorligida yoshlarning startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda filial mutaxassisi M. Umedova hamda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor N. Kamolova ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar. Davra suhbati davomida startap loyihalarni shakllantirish, ularni moliyalashtirish manbalari, biznes-reja tuzish hamda innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish bosqichlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.