“Kichik biznesni boshlash” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

28-04-2026 | 35

“Kichik biznesni boshlash” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

#GSBE #GraduateSchool #SmallBusiness #Entrepreneurship

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali hamda Nukus transport texnikumi hamkorligida “Kichik biznesni boshlash” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirdan asosiy maqsad - tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularda biznes yuritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Seminarda texnikumning bitiruvchi talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida filial mutaxassislari tomonidan tadbirkorlik sohasida zamonaviy talablar, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish texnologiyalarining turlari hamda ulardan samarali foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, startap loyihalarni ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, soliq majburiyatlari, eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish tartibi hamda marketing xizmatlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga biznesni yuritishning zamonaviy tendensiyalari, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangi g‘oyalarni shakllantirish hamda kreativ yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, tadbir doirasida yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning innovatsion g‘oyalari asosida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha foydali maslahatlar berildi.