Navoiy viloyatida “Xotin-qizlarning bandligini ta'minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

28-04-2026 | 324

Navoiy viloyatida “Xotin-qizlarning bandligini ta'minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

#GSBE #GraduateSchool #Women #Entrepreneurship

Seminar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Navoiy viloyat hududiy filiali hamda Qiziltepa tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda tumandagi faol va lider ayollardan biri Maqsuda Bobonazarova, ATB «Mikrokreditbank» kredit bo‘limidan mas'ul xodim hamda tuman IT Park mas'ullari ishtirok etib, xotin-qizlarga tadbirkorlikni boshlash, kredit olish imkoniyatlari, zamonaviy kasblar va axborot texnologiyalari sohasida yaratilayotgan sharoitlar haqida o‘z tavsiyalari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Mazkur seminar davomida ishtirokchilarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish, biznes-reja tuzish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Shuningdek, xotin-qizlarning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi, yangi ish o‘rinlari yaratishi hamda daromad manbalarini kengaytirishi bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.