Yangiliklar
“O‘zbekneftgaz” AJ tizimida gender tengligini ta’minlash bo‘yicha o‘quv dasturi yakunlandi
25-04-2026 | 388
2026 yil 24 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes va tadbirkorlik maktabida “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlarida tashkil etilgan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha maslahat kengashlari rahbarlari va a’zolarining bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan o‘quv dasturi yakunlandi.
Mazkur o‘quv dasturi korporativ muhitda gender tengligi tamoyillari bo‘yicha kompleks tushunchani shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, gender siyosatini joriy etish va gender auditini o‘tkazishdan tortib, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xodimlarning shaxsiy samaradorligini oshirishgacha bo‘lgan keng qamrovli nazariy va amaliy masalalarni o‘z ichiga oldi.