SUN’IY INTELLEKT ORQALI INNOVATSION BIZNES MODELLARINI YARATISH

SUN’IY INTELLEKT ORQALI INNOVATSION BIZNES MODELLARINI  YARATISH #GSBE #GraduateSchool #Startup #BusinessEducation

 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda sizni 2025-yil 27-28-may kunlari xorijiy ekspertlar ishtirokida o‘tkaziladigan “O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida biznes modellarini yaratish” mavzusidagi ikki kunlik o‘quv seminariga taklif etadi.

 Seminar maqsadi davlat tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari va xususiy sektor vakillariga turli tashkilotlarda barqaror rivojlanish uchun samarali biznes modellarini yaratishda sun’iy intellektdan foydalanishning amaliy vositalarini o‘zlashtirishda ko‘maklashishdir.

 Ishtirok etishning afzalliklari:

 - Sun’iy intellektni turli sohalardagi qo‘llanilishi imkoniyatlari bilan tanishish;

 - Tashkilotlarda sun’iy intellekt yechimlarini joriy etishning samarali usullarini o‘zlashtirish;

 - Barqaror rivojlanishga qaratilgan biznes modellarini yaratishga oid ko‘nikmalarni shakllantirish;

 - Xorijiy kompaniyalarning ilg‘or sun’iy intellekt strategiyalarini biznes amaliyotlariga tatbiq etish tajribasini o‘rganish.

 Trening ingliz tilida olib boriladi va o‘zbek tiliga tarjima qilinadi.

 Joylar soni cheklangan.

 Treningda ishtirok etish uchun 2025-yil 23-mayga qadar ro‘yxatdan o‘tish lozim.

 Ro‘yxatdan o‘tish

 🔝 Sana: 2025-yil 27 – 28- may

 🔝 Vaqt: 09:00-17:00

 📞 Telefon: +998 71 239 03 27

 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy