Yangiliklar
Sun’iy intellektni rivojlantirish va qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
24-04-2026 | 43
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Sun’iy intellekt - ertaga kech!” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Tadbir spikeri sifatida Mohirdev kompaniyasi asoschisi, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis, Oksford universiteti bitiruvchisi, Dr. Anvar Narzullayev ishtirok etdi.
Ishtirokchilar sun’iy intellektning rivojlanish yo‘nalishlari, uning zamonaviy biznesdagi o‘rni hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qildilar. Shuningdek, startaplar va kichik biznesda sun’iy intellektdan foydalanish, samaradorlikni oshirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida yangi kasblarning shakllanishi, sun’iy intellekt bilan ishlash uchun zarur ko‘nikmalar hamda raqamli transformatsiya sharoitida kasbiy rivojlanish istiqbollari haqida ham fikr almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilar texnologik tendensiyalar va sun’iy intellektning iqtisodiyot hamda mehnat bozoriga ta’siri masalalarini ham muhokama qildilar.
Mahorat darsi interaktiv formatda o‘tkazilib, tajriba almashish va texnologiyalar kelajagi bo‘yicha professional muloqot uchun samarali maydon bo‘ldi.