Surxondaryo viloyatida startap dasturlar va ularning ahamiyati

23-04-2026 | 28

Surxondaryo viloyatida startap dasturlar va ularning ahamiyati

#GSBE #GraduateSchool #Seminar #Startup #Entrepreneurship

Termiz shahridagi IT Park binosida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Surxondaryo viloyati hududiy filiali hamda JOYLINKS IT akademiyasi hamkorligida yoshlar va tadbirkorlikka qiziqqan aholi uchun davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida Oliy maktabning Surxondaryo hududiy filialida amalga oshirilayotgan ishlar va o‘quv kurslari, raqamli startap dasturlarini samarali yo‘lga qo‘yish, shuningdek innovatsion ekotizimni rivojlantirish hamda inkubatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish masalalari yoritildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar startaplarni rivojlantirish, tadbirkorlikni boshlash hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha foydali bilim va tavsiyalarga ega bo‘ldilar.