Yangiliklar
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi
23-04-2026 | 21
Tadbir Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Sirdaryo viloyati hududiy filiali, IT Park Sirdaryo viloyati filiali hamda Guliston davlat universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks ekotizim, shuningdek, tadbirkorlik va biznes asoslari mavzularida keng qamrovli ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar tomonidan yoshlarning innovatsion g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish, biznesni boshlash va rivojlantirishning muhim bosqichlari tushuntirib berildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar amaliy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan seminar davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi hamda startap sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdi.
Kelgusida ham hududlarda moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tadbirlarni muntazam tashkil etish, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularning startap va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.