Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Cybersecurity and Ethics (Kiberxavfsizlik va etika)” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

23-04-2026 | 19

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Cybersecurity and Ethics (Kiberxavfsizlik va etika)” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

#GSBE #GraduateSchool #Study #Cybersecurity #Ethics

Ma’ruzani kiberxavfsizlik sohasida 25 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro ekspert, University of North Georgia Professori Murthy V. Rallapalli, Ph.D, CISSP (Certified Information Systems Security Professional) olib bordi.

Ma’ruza davomida zamonaviy kiberxavfsizlik tahdidlari va ularni oldini olish strategiyalari, raqamli muhitda axloqiy me’yorlar va mas’uliyat, sun’iy intellekt hamda katta ma’lumotlar bilan ishlashda yuzaga keladigan etik muammolar, shuningdek, global tajriba va xalqaro standartlar asosida kiberxavfsizlikni rivojlantirish masalalari yoritildi.

Tinglovchilar zamonaviy kiberxavfsizlik yondashuvlari va raqamli etikaga oid amaliy misollar asosida muhokamalarda qatnashib, soha bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar. Shuningdek, tadbir davomida savol-javob sessiyasi tashkil etilib, global amaliyot va kasbiy rivojlanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ishtirokchilar tadbirga katta qiziqish bildirishdi va unda faol ishtirok etishdi. Bunday xalqaro mahorat darslari tinglovchilarning kasbiy bilimi va ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.