Yoshlar uchun “Eng yaxshi g‘oya” loyihasi doirasida startap va elektron savdolar bo‘yicha seminar o‘tkazildi

22-04-2026 | 39

Yoshlar uchun “Eng yaxshi g‘oya” loyihasi doirasida startap va elektron savdolar bo‘yicha seminar o‘tkazildi

#GSBE #GraduateSchool #Seminar #Startup #Entrepreneurship

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan viloyati hududiy filiali, IT Park Namangan viloyati filiali hamda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” Namangan viloyati vakillari ishtirokida yoshlar va talabalar uchun “Eng yaxshi g‘oya” loyihasi doirasida navbatdagi seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga “Startaplarni qo‘llab-quvvatlash kompleks ekotizimi” hamda “Onlayn savdolarni tashkil etish, davlat mulklarini sotish va ijaraga berish, shuningdek tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini sotish” mavzularida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan viloyati hududiy filiali bosh mutaxassisi X. Xikmatov, IT Park Namangan viloyati filiali startaplarni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Z. Mamadaliyev hamda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Namangan viloyati filiali bosh mutaxassisi A. Mirzaxmedov olib bordi.

O‘quv jarayonida ishtirokchilarga startaplar faoliyati, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, shuningdek “E-auksion” elektron savdo platformasi va “E-auksion shop” orqali mulklarni xarid qilish hamda xususiy buyurtmalarni shakllantirish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.

Mazkur seminar yoshlarning startaplar bo‘yicha bilimini oshirish, tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish hamda loyiha boshqaruvi ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.