Yangiliklar
“Yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar va biznesga ilk qadam” mavzusida seminar tashkil etildi
22-04-2026 | 12
Joriy yilning 22-aprel kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Farg‘ona viloyati hududiy filiali tomonidan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi, IT-park Farg‘ona filiali, Yoshlar texnoparki, O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat kengashi hamda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Farg‘ona viloyati vakillari hamkorligida “Yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar va biznesga ilk qadam” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga tadbirkorlik sohasidagi mavjud imtiyozlar, davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda biznes boshlashning amaliy jihatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, IT va innovatsion yechimlar, elektron savdo platformalari imkoniyatlari haqida ham ma’lumot taqdim etildi.
Tadbirda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirgan 60 nafardan ortiq yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Tadbir interaktiv shaklda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan amaliy javoblar oldilar.