Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida ingliz tilida ishbilarmonlik muloqoti bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 13-may kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Liderlik sari muloqot: ingliz tilida ishbilarmonlik muzokaralari va yetakchilik muloqoti madaniyati” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili ofisi (Regional English Language Office – RELO) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Mahorat darsining mehmoni – ingliz tili bo‘yicha xalqaro mutaxassis doktor Juzeppe Kyaramonte (Dr. Giuseppe Chiaramonte) bo‘ldi.
O‘quv seminari interfaol formatda tashkil qilinib, unda zamonaviy ishbilarmonlik kommunikatsiyasida muloqot madaniyati, samarali muzokara yuritish uslublari hamda xalqaro darajada faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan bilim va salohiyatlar muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun bu tadbir nazariy bilimlarning amaliyotda qo‘llanishini to‘liq anglash imkonini berdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar nazariy bilimlarni amaliy mashqlar orqali mustahkamlash, xalqaro darajada raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qilishini qayd etdilar. Shu bois, bu kabi amaliy mashg‘ulotlarni kelgusida ham muntazam ravishda tashkil etish muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladilar.