Yangiliklar
NNT vakillari uchun malaka oshirish kursining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi
21-04-2026 | 25
2026-yil 21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun tashkil etilgan “Ijtimoiy ta’sir va notijorat tashkilotlarni boshqarish” yo‘nalishidagi besh kunlik malaka oshirish kursining ikkinchi kuni o‘tkazildi.
Kursning ikkinchi kuni davomida ishtirokchilar uchun “Loyihaviy boshqaruv asoslari”, “Ijtimoiy loyiha ishlanmalarini tayyorlash”, “Ijtimoiy loyihalarni boshqarish xususiyatlari” hamda “Ijtimoiy loyihalar samaradorligini baholash” mavzularida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktor o‘rinbosari B. Xolboyev olib bordi. O‘quv jarayonida ijtimoiy loyihalarni rejalashtirish, ularni amalga oshirish mexanizmlari, natijadorlikni baholashning zamonaviy yondashuvlari hamda NNTlar faoliyatida loyiha boshqaruvining o‘rni yuzasidan amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining kasbiy salohiyatini oshirish, ijtimoiy loyihalarni samarali ishlab chiqish va boshqarish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.