“Tibbiyot va texnologiya: yangi kasblar va katta imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

21-04-2026 | 34

“Tibbiyot va texnologiya: yangi kasblar va katta imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

#GSBE #GraduateSchool #Training #Medicinе #Technology

Buxoro shahar yuridik texnikumi binosida “Tibbiyot va texnologiya: yangi kasblar va katta imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining hududiy filiali, xalqaro tibbiyot texnikumi, Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi, “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ (IT Park) viloyat filiali hamda E-auksion maydonchasi mutaxassislari hamkorligida o‘tkazildi.

Davra suhbatida tibbiyot va texnologiyalarning o‘zaro integratsiyasi, bu jarayonning mehnat bozoriga ta’siri hamda yangi kasblarning shakllanishi masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar raqamli tibbiyot, telemeditsina va sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlar kelajak kasblarining asosiy drayveriga aylanayotganini ta’kidladilar.

Shuningdek, tibbiyot sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda ularni tadbirkorlikka jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Biznes va texnologiyalarning uyg‘unligi yangi startaplar va loyihalarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi qayd etildi.

Tadbir davomida biznesni boshlash imkoniyatlari, tadbirkorlar uchun imtiyozlar, tibbiyotda raqamli texnologiyalar, IT tadbirkorlik hamda raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron savdo va onlayn auksionlarning ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Yakunida ishtirokchilar tomonidan tibbiyot va texnologiya sohalaridagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, ta’lim va amaliyot integratsiyasini rivojlantirish hamda yosh kadrlar tayyorlashda innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.