Yangiliklar
Jizzax davlat pedagogika universitetida innovatsion rivojlanish yo‘llariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
21-04-2026 | 19
Tadbir Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Jizzax viloyati hududiy filiali, Innovatsion rivojlanish agentligining hududiy bo‘linmasi hamda IT Park viloyat filiali hamkorligida tashkil etildi.
Seminar “Raqamli startaplar dasturini samarali amalga oshirish, oliy ta’lim muassasalarida innovatsion ekotizimni rivojlantirish va inkubatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish” mavzusiga bag‘ishlandi.
Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalarida innovatsion muhitni kuchaytirish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashishdi.
Tadbir yakunida innovatsion ekotizimni rivojlantirish, hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirish hamda ilmiy-amaliy natijadorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.