IT Park Samarqand inkubatsiya dasturi doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi

21-04-2026 | 20

IT Park Samarqand inkubatsiya dasturi doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi

#GSBE #GraduateSchool #Samarkand #Training #Entrepreneurship

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Samarqand viloyat hududiy filiali IT Park Samarqand inkubatsiya dasturi doirasida “Tadbirkorlik va biznes asoslari” mavzusida navbatdagi tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga biznesni boshlash bosqichlari, startaplarni shakllantirish jarayoni, samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish hamda muvaffaqiyatli tadbirkorlikning asosiy tamoyillari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar o‘zlarining ko‘p yillik tajribasiga tayangan holda real hayotiy misollar va amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.

Uchrashuvning muhim jihatlaridan biri – ishtirokchilarga nafaqat nazariy bilimlar, balki biznesni rivojlantirishda qo‘l keladigan amaliy yo‘l-yo‘riqlar va strategik maslahatlar ham taqdim etilganidir. Bu esa yosh tadbirkorlar va startap jamoalari uchun o‘z g‘oyalarini yanada rivojlantirish va to‘g‘ri yo‘naltirish imkonini beradi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar olishdi, bu esa ularning mavzuga oid tushunchalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.