Yangiliklar
Xorazmda yoshlar tadbirkorligi va startaplarni qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari
20-04-2026 | 19
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Xorazm viloyati hududiy filiali hamda IT Park Xorazm filiali hamkorligida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida amalga oshirilayotgan tashabbuslar hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, startuplarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion ekotizimni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur hamkorlikda yoshlar va tashabbuskor fuqarolar o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish hamda zamonaviy bilim va ko'nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo'lmoqda.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Xorazm viloyati hududiy filiali hamda IT Park Xorazm filiali kelgusida hamkorliklarni yanada kengaytirishni, ayniqsa yoshlar va yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning innovatsion g‘oyalarini muvaffaqiyatli startup va barqaror biznes loyihalarga aylantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Bu kabi tashabbuslar nafaqat hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga, balki yangi ish o`rinlari yaratish va yoshlar salohiyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi.