Yangiliklar
Andijonda “Startaplar Maktabi” darslari doirasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
20-04-2026 | 32
“Startaplar Maktabi” darslari doirasida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Andijon viloyati hududiy filiali tomonidan IT Park Andijon filiali bilan hamkorlikda samarali uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda filial rahbari A. Turdiyev ishtirok etdi.
“Tadbirkorlik va biznes asoslari” dasturi doirasida ishtirokchilar tajribali ekspertlar ko‘magida hamda real startap loyihalar misolida o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirmoqda.
Mazkur hamkorlik yoshlar orasida tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirish, istiqbolli startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududda innovatsion ekotizimni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Kelgusida IT Park bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, yoshlarning biznes g‘oyalarini rivojlantirish va ularni muvaffaqiyatli loyihalarga aylantirishga har tomonlama ko‘maklashish rejalashtirilgan.