Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi innovatsion tadbirkorlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

17-04-2026 | 16

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi innovatsion tadbirkorlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

#GSBE #GraduateSchool #JETRO #Cooperation #Innovative #Entrepreneurship

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillari Yaponiyaning tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) Toshkentdagi vakolatxonasi Bosh direktori Yuta Ichinose va tashkilot vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdilar.

Uchrashuvda innovatsion tadbirkorlik sohasida ikki tomonlama hamkorlikning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, hududlarda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, yashil va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan startap-loyihalarni amalga oshirish masalalariga ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida, Oliy biznes maktabi tinglovchilarning boshqaruv va innovatsiyalar sohasida xalqaro tajriba orttirishlariga imkon yaratish maqsadida Yaponiyaning yetakchi kompaniyalarini ta’lim jarayoniga ekspert-amaliyotchilar sifatida jalb etish muhokama qilindi.

Yuta Ichinose Oliy maktab O‘zbekistonda boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha yetakchi muassasalardan biri ekanini hamda ta’limdan tashqar keng ko‘lamli faoliyatni amalga oshirayotganini ta’kidladi.

Tashrif davomida JETRO vakillari Oliy biznes maktab vakillari bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirish uchun maydon sifatida muassasaning salohiyati va imkoniyatlari bilan tanishdilar.