Sariosiyo tumanida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

17-04-2026 | 22

Sariosiyo tumanida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

#GSBE #GraduateSchool #Еducation #Finance #Instruments

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Surxondaryo viloyati hududiy filiali tomonidan Sariosiyo tumanida “Moliyaviy instrumentlardan foydalanish” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar uchun o‘tkazilib, unda moliyaviy savodxonlikni oshirish, zamonaviy biznes yuritishda moliyaviy instrumentlardan samarali foydalanish hamda tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish bosqichlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi.

Davra suhbatida shuningdek Oliy maktabning asosiy vazifalari va strategik missiyasi, magistratura yo‘nalishlari va o‘quv dasturlari, qisqa muddatli o‘quv kurslari imkoniyatlari hamda biznes ta’limi va ilmiy-tadqiqot faoliyatining ahamiyati atroflicha yoritildi. Mutaxassislar tomonidan moliyaviy savodxonlik asoslari, tadbirkorlikni boshlash jarayonlari hamda barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning moliyaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zamonaviy biznes muhitiga tayyorlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirishda zarur bo‘lgan bilimlarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Kelgusida ham hududlarda moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tadbirlarni muntazam tashkil etish, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.