Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali tomonidan Nukus shahrida “Startap asoslari” o‘quv kursi tashkil etildi

17-04-2026 | 29

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali tomonidan Nukus shahrida “Startap asoslari” o‘quv kursi tashkil etildi

#GSBE #GraduateSchool #Seminartraining #Startup

Nukus shahrida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali hamda IT Park filiali hamkorligida “Startap asoslari” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi ishtirokchilarda innovatsion iqtisodiyot, startap loyihalarni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida tinglovchilarga ilm-fan va ilmiy-tadqiqotlarga asoslangan holda innovatsion iqtisodiyot uchun yangi tovarlar, xizmatlar va texnologiyalarni joriy etish muhim ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlar orasida startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda innovatsion g‘oyalar asosida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

О‘quv kursida Qoraqalpogiston Respublikasi hududiyfiliali rahbari GRzaevabosh mutaxassis AUrinbayevIT Park filiali startap-menejeri KJalgasbayeva hamdaIT Park rezidenti - “Sim-Sim” kompaniyasi direktori A. Fayzullayev ishtirok etibstartaplarni qollab-quvvatlashinnovatsiyalarni joriy etish va yosh tadbirkorlarni rivojlantirish boyicha oz tajribalari hamdatavsiyalarini taqdimetdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar startap loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.