Yangiliklar
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!
17-04-2026 | 56
Sizlarni zamonaviy va dolzarb yo‘nalish “Sun’iy intellekt – ertaga kech! mavzusidagi mahorat darsiga taklif etamiz.
Mahorat darsi Mohirdev kompaniyasi asoschisi, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt texnologiyalari yo‘nalishida 20 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis, Oksford universiteti bitiruvchisi Dr. Anvar Narzullayev tomonidan olib boriladi.
Mahorat darsida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi: - Sun’iy intellekt (AI) asoslari va uning biznesdagi o‘rni; - AI texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash yo‘llari; - Startaplar va kichik biznesda AI’dan foydalanish; - Zamonaviy kasblar va AI bilan ishlash ko‘nikmalari; - Kelajak texnologiyalari va rivojlanish tendensiyalari.
Joylar soni cheklangan.
Sana: 24-aprel, 2026-yil Vaqti: 10:00–11:30 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (5 qavat, 4-auditoriya) Telefon: +998 93 445-15-89