Yangiliklar
Chexiyada “Strategic Leadership and Corporate Governance” mavzusida qisqa muddatli kurslar bo‘lib o‘tmoqda
16-04-2026 | 102
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari Chexiya Respublikasi, Praga shahridagi PIMT institutida malaka oshirish va xalqaro tajriba almashish maqsadida qisqa muddatli o‘quv dasturida faol ishtirok etmoqdalar.
Ushbu dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda:
- xalqaro biznes muhitida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish
- xorijiy ekspertlar va amaliyotchilar bilan tajriba almashish
- strategik boshqaruv va korporativ boshqaruvning zamonaviy yondashuvlarini o‘rganish
- Yevropaning markazi Praga shahrida professional va madaniy dunyoqarashni kengaytirish
Dastur davomida tinglovchilar amaliy tashriflarda ham qatnashib, real biznes jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqdalar. Bu esa ularga nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or Yevropa tajribasini bevosita o‘rganish imkonini bermoqda.Shuningdek, tinglovchilar uchun Germaniyaga ham maxsus biznes ekskursiya tashkil etildi.
Ushbu tashrif tinglovchilarga Yevropa iqtisodiy makonining yana bir muhim davlati misolida biznes muhiti, infratuzilma va korporativ madaniyat bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Bunday amaliy va xalqaro tashriflar tinglovchilarga Yevropa standartlari asosida ishlab chiqarish, boshqaruv va korporativ madaniyatni chuqurroq anglash imkonini beradi.