Paxtachi tumanida xotin-qizlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

16-04-2026 | 78

Paxtachi tumanida xotin-qizlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

#GSBE #GraduateSchool #Samarkand #Training #Entrepreneurship

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Samarqand viloyati hududiy filiali tomonidan Paxtachi tumanida xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini oshirish va ularning iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

O‘quv kurslari “Ayollar daftari”ning 2-toifasiga kiritilgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning biznes sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga tadbirkorlik asoslari, biznesni yo‘lga qo‘yish bosqichlari, daromad manbalarini shakllantirish, moliyaviy rejalashtirish hamda amaliy faoliyatni boshlash bo‘yicha muhim tushunchalar va tavsiyalar berildi. Real hayotiy misollar orqali kichik biznesni tashkil etish va boshqarish jarayonlari tushuntirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.