E-auksion va birja savdolari: raqamli savdo sari yangi bosqich

15-04-2026 | 21

E-auksion va birja savdolari: raqamli savdo sari yangi bosqich

#GSBE #GraduateSchool #Seminartraining #Surkhandarya #EAuction

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida “E-auksion” va tovar-xom ashyo birjasining birja savdolari” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbir Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Surxondaryo viloyati hududiy filiali hamda soha mutaxassislari hamkorligida o‘tkazildi.

Seminarda Surxondaryo viloyati hududiy filiali rahbari F. Turayev, Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi T. Mamatqulov hamda soha mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir davomida raqamli iqtisodiyot, elektron savdo platformalari hamda “E-auksion” tizimi orqali savdo jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, “E-auksion” va “E-auksion shop” tizimlaridan foydalanish tartibi, ro‘yxatdan o‘tish, auksion savdolarida ishtirok etish hamda xususiy buyurtmalarni shakllantirish va boshqarish jarayonlari amaliy misollar asosida tushuntirildi. Ushbu jarayonlar orqali ishtirokchilar elektron savdoda mustaqil ishlash va raqamli platformalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Tadbirda Iqtisodiyot fakulteti talabalari faol ishtirok etishdi. Yakunda elektron savdo platformalarini o‘rganish va zamonaviy birja tizimlarida ishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.