Kelajak startaplari: Mirishkor tumanida innovatsion g‘oyalar va imkoniyatlar bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbiri

13-04-2026 | 123

Kelajak startaplari: Mirishkor tumanida innovatsion g‘oyalar va imkoniyatlar bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbiri

#GSBE #GraduateSchool #Startup #Future

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qashqadaryo hududiy filiali hamda Qarshi yoshlar texnoparki hamkorligida Mirishkor tumanida “Kelajak startaplari” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda startap loyihalar yaratish bosqichlari, Texnopark faoliyati va startapchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Seminar ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. Ushbu tadbir yoshlarning startap faoliyatiga qiziqishini oshirish va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.