Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

13-04-2026 | 42

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

#GSBE #GraduateSchool #International #Scientificpractical #Conference

Hurmatli olimlar, professor-o'qituvchilar, doktorantlar, ekspertlar va mustaqil izlanuvchilar!

 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi sizlarni 2026-yil 18-may kuni bo‘lib o‘tadigan “Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda barqaror o‘sishga erishish yo‘llari: tadbirkorlik, innovatsiyalar, kichik va o‘rta biznes istiqbollari” mavusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etadi.

Global iqtisodiyotining jadal o‘zgarishi sharoitida innovatsion rivojlanish, barqaror tadbirkorlik va boshqaruv masalalari alohida strategik ahamiyat kasb etmoqda.

  Mazkur Konferensiya akademik hamjamiyat, davlat tashkilotlari va ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida mazmunli muloqot uchun professional platformani shakllantiradi.

Ishtirokchilar ilmiy ma’ruza bilan chiqishlari, tinglovchi sifatida ishtirok etishlari yoki anjuman to‘plamida o‘z materiallarini nashr ettirishlari mumkin.

Konferensiya tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.

Maqola yoki tezislarni taqdim etish qoidalari va shartlari ilovada keltirilgan. Maqola yoki tezislarni taqdim etish uchun oxirgi muddat: 2026-yil 5-may. Elektron pochta manzili: gsbe2026@gmail.com

Konferensiyaga oid qo‘shimcha savollar yuzasidan Biznes-inkubatorlar va startap loyihalar bilan ishlash markaziga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Aloqa uchun telefon: +998 71 239-03-27 Vaqti: 10:00 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod koʻchasi, 25-uy.