Yangiliklar
Samarqandda WORLD EDU 2026 xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
10-04-2026 | 518
SOF EXPO SAMARKAND majmuasida WORLD EDU 2026 xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Unda dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ta’lim tashkilotlari va mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Tadbirda boshqaruv, tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasida zamonaviy ta’lim dasturlarini taqdim etuvchi Oliy biznes va tadbirkorlik maktabi vakillari ham ishtirok etmoqda. Oliy maktab vakillari bo‘lajak tinglovchilar uchun maslahat uchrashuvlari o‘tkazib, o‘zlarining amaliy tajribalari va bitiruvchilarning karyera imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Ko‘rgazma O‘zbekiston hamda Yevropa, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Turkiya va boshqa mamlakatlarni o‘z ichiga olgan 10 dan ortiq davlatlarning yetakchi universitetlari, ta’lim tashkilotlari, konsalting kompaniyalari va o‘quv markazlarini birlashtiradi. Bu esa uning Markaziy Osiyodagi ta’lim sohasidagi eng yirik tadbirlardan biri maqomiga ega ekanini tasdiqlaydi.