Yangiliklar
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!
09-04-2026 | 31
Sizlarni dolzarb va zamonaviy “Cybersecurity and Ethics (Kiberxavfsizlik va etika)” mavzusidagi mahorat darsiga taklif etamiz.
Mahorat darsi xalqaro darajadagi ekspert, kiberxavfsizlik sohasida 25 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis, University of North Georgia Professori Murthy V. Rallapalli, Ph.D, CISSP (Certified Information Systems Security Professional) tomonidan olib boriladi.
Mahorat darsida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi: - Zamonaviy kiberxavfsizlik tahdidlari va ularning oldini olish strategiyalari; - Raqamli muhitda axloqiy me’yorlar va mas’uliyat; - Sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar bilan ishlashda etik muammolar; - Global tajriba va xalqaro standartlar asosida kiberxavfsizlikni rivojlantirish..
Joylar soni cheklangan.
Tadbir ingliz tilida olib boriladi Sana: 22-aprel, 2026-yil Vaqti: 15:30 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (5-qavat, 4-auditoriya) Telefon: +998 71 239-03-03