Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi IT PARK bilan hamkorlikda hududlarda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirmoqda
2026 yil 2 aprel kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va IT PARK o‘rtasida ikki tashkilotning hududiy filiallari ishtirokida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Onlayn uchrashuvning asosiy maqsadi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filiallari va IT PARK hududiy filiallari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, hududlarda innovatsion tadbirkorlik va startaplarni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar, qo‘shma loyihalar va o‘quv kurslari tashkil etishga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, hududlarda texnologik tadbirkorlik sohasida kadrlar malakasini oshirish, aholi orasida raqamli savodxonlikni rivojlantirish hamda yosh tadbirkorlarning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirishda hamkorlik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida Oliy biznes maktabi va IT PARK o‘rtasida joylarda yoshlarning startap tashabbuslarini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va yangi biznes loyihalarni amalga oshirish hamda hududlarda birgalikda startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash belgilab olindi.