Nukus shahrida elektron tijorat bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi

01-04-2026 | 636

Nukus shahrida elektron tijorat bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi

#GSBE #GraduateSchool #Seminar #Entrepreneurship

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali hamda Wildberries marketpleysi hamkorligida Nukus shahrida tadbirkorlar, hunarmandlar va yoshlar uchun “Elektron tijorat sohasida biznesni boshlash va yuritish. Wildberries platformasida savdoni yo‘lga qo‘yish” va “Marketpleys menejeri” mavzularida amaliy o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tashabbus hududda elektron savdoni rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarni global bozorga olib chiqishni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.