Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi faoliyati bo‘yicha mahorat darsi

Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi faoliyati bo‘yicha mahorat darsi #GSBE #GraduateSchool #Study #CapitalMarket #StockMarket

Professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida o‘tkazilgan «Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining bugungi faoliyati, uning kapital bozordagi o‘rni va rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari» mavzusidagi mahorat darsida ishtirok etdilar.

Mahorat darsini Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi Bosh direktor maslahatchisi va xalqaro bank-moliya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Qahramon Sobirov olib bordi.

Mahorat darsining asosiy masalasi - depozitariy faoliyatidagi o‘zgarishlar, uning kapital bozorini rivojlantirishdagi ahamiyati va kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qilish.

Tadbir davomida quyidagi mavzular ko‘rib chiqildi:

- Markaziy depozitariy faoliyatida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar va yaqin kelajakdagi rejalar;

- O‘zbekiston kapital bozorida yuz berayotgan jarayonlar va uning rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari.

Tadbir ishtirokchilarga qimmatli qog‘ozlar bozoridagi zamonaviy jarayonlar haqida amaliy bilim olish va soha yetakchi mutaxassisi bilan tajriba almashish imkonini berdi.