Yangiliklar
Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv seminar
30-03-2026 | 5
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Buxoro hududiy filiali va Vobkent tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi bilan hamkorligida aholining tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv seminari bo'lib o'tdi.
Seminar davomida aholiga kichik biznesning asosiy ko‘nikmalarini shakllantirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “E-auksion” platformasida ro‘yxatdan o‘tish, undan foydalanish va mavjud imtiyozlar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Tadbirda tadbirkorlikka qiziqqan aholi, ijtimoiy reestrda turgan yoshlar va xotin-qizlar zarur bilim va ko‘nikmalarni egallab, mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.