Yangiliklar
Surxondaryo viloyatining Termiz shahar va Sherobod tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Surxondaryo viloyat hududiy filiali tomonidan “Tadbirkorlik va biznes asoslari” va “Biznes ingliz tili” mavzusida o‘quv kurslari tashkil etildi.
Ushbu kurslar, yoshlar va xotin-qizlarga o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni olish imkoniyatini yaratadi.
Tashkil qilingan “Marketing xizmatlari hamda tovar va xizmatlarni reklamasini tashkil etish” o‘quv kursida 60 nafar tinglovchi va “Bizness ingliz tili” o‘quv kursida 16 nafar tinglovchilar ishtirok etishdi. Olib borilgan kurslarda ishtirokchilar o‘z biznesini boshlashda qaror qabul qilishga undagan, maqsadga erishishda ishonchni oshirgan o‘quv mashg‘ulotlari bilan tanishdilar. Ishtirokchilar o‘z biznesini boshlashda yordam beradigan “Eng yaxshi biznes g‘oyani tanlash”, “Xomashyo resurslaridan foydalanish huquqini olish”, “Soliqlar va majburiy to‘lovlar”, “E-auksion savdo platformasi”, “Ko‘chmas mulkga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish”, “Kreditning moliyaviy manbalari”, “Tadbirkorlik subyektlarining eksport va import operatsiyalari” va “Kichik biznesda moliyaviy munosabatlar va sug‘urtalash” kabi mavzularda taqdimotlar bilan tanishdilar.
O‘quv kursi davomida “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ hodimlari ham ishtirok etishib, ular tomidan “E-auksion” elektron savdo platformasidan foydalanish bo‘yicha tinglovchilarga maэlumotlar berildi. Shuningdek, kursni tamomlagan tinglovchilar bilim va ko‘nikmalarini baholash uchun maxsus test tizimi bilan sinovdan o‘tkazildilar.
Olib borilgan o‘quv kurslar ishtirokchilariga nafaqat o‘z bizneslarini boshlash, balki bu yo‘lda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan barcha nazariy va amaliy bilimlarni taqdim etdi. Ushbu kurslar ishtirokchilarga o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yish, undan daromad olish, faravon hayot kechirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni taqdim etib, o‘z biznesini boshlash, marketingni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qaratilgan eng muhim qadamlardan bo‘lib, tinglovchilar, nafaqat o‘z bizneslariga, balki jamiyatga ham o‘z hissalarini qo‘shish yo‘lida mustahkam poydevor yaratdilar.