Yangiliklar
Davlat organlarida ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish mavzusida mahorat darsi tashkil etildi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida magistratura mutaxassisliklari (MBA-Moliyа va Global menejment) tinglovchilari uchun “Davlat organlarida ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda iqtisofiyot fanlar doktori (DCs) Jabborov Azamat Alijonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat organlari ichki audit tuzilmalari faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Tinglovchilarga davlat organlarida ichki nazorat tizimini ishlash tartibining hozirgi holati, xavflarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha yo’l xarita ishlab chiqish jarayonlari va ushbu sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va kiritilgan o‘zgarishlar haqida keng qamrovli ma’lumot berildi.