Yangiliklar
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va aziz mehmonlar!
Sizlarni Alisher Isaev bilan ochiq muloqotga taklif etamiz. Ushbu tadbir sizga nafaqat qiziqarli muloqot, balki boshqaruv, samaradorlik va zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha foydali bilimlar olish, amaliy tajriba bilan tanishish hamda o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun:
Alisher Isaev seriyali tadbirkor va biznes murabbiy bo‘lib, savdo strategiyalari, yetakchilik va boshqaruv tizimlarini qurish bo‘yicha chuqur tajribaga ega. U faoliyatini Nestlé, Colgate va Heinz kabi yirik xalqaro kompaniyalarda boshlagan hamda keyinchalik tijorat yo‘nalishida yuqori natijalarga erishgan.
Bugungi kunda u Sales Doctor Academy va Milliard Club asoschisi sifatida tanilgan. Amaliy dasturlar orqali 4 000 dan ortiq tadbirkorni tayyorlagan va yuzlab faol ishtirokchilardan iborat kuchli biznes hamjamiyatini shakllantirgan.
Alisher Isaev kompaniyalarga savdo tizimlarini yaratish, strategik fikrlashni rivojlantirish va bozor sharoitida tez o‘sish uchun aniq ishlaydigan mexanizmlarni joriy etishda yordam berib kelmoqda. U o‘z bilimlarini workshoplar, treninglar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ulashadi.
Ushbu uchrashuv sizga:
- boshqaruvda samaradorlikni oshirish,
- tizimli fikrlashni rivojlantirish,
- yetakchilik ko‘nikmalarini mustahkamlash,
- yangi g‘oya va yondashuvlar bilan tanishish imkonini beradi.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang foydali bilim va yangi qarashlar aynan shu yerda!
Joylar soni cheklangan.
Sana: 25-mart, 2026-yil
Vaqti: 10:00-12:00
Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, (5-qavat, 4-auditoriya)
Telefon: 71 239-03-03