Yangiliklar
Texnologik tadbirkorlik bo‘yicha startap loyihalar to‘g‘risida mahorat darsi

2025-yil 8-aprel kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari uchun PDP Holding kompaniyasi vakili O.Ahmedov bilan mahorat darsi tashkil etildi.
Ushbu tadbirda O.Ahmedov “PDP EcoSystem tomonidan startaplarni qo’llab quvvatlash tajribasi” mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Taqdimotda respublikamizda texnologik tadbirkorlik, IT sohasida olib borilayotgan o‘zgarishlar to‘g’risida hamda bu borada PDP Holding kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan loyihalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
2017 yildan buyon PDP Holding startap, IT talimi va xizmatlari, innovatsion rivojlanishda texnologik ishlanmalar bo‘yicha turli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, PDP Academy, PDP Online, PDP University, PDP Unicorn, PDP School, PDP Junior loyihalari shular jumlasidandir.
Mahorat darsida O.Ahmedov bugungi kunda ushbu loyihalar umumiy PDP Ekotizimini tashkil etishini va bu bo‘yicha kompaniyaning 2030 strategiyasi, undagi ustuvor yo‘nalishlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek mazkur strategiya doirasida texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Startup Elevator” inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.
Tadbir davomida ekspert Oliy maktab tinglovchilari bilan faol muloqot olib borib startap loyihalarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar, strategiya va albatta texnologiyani startapga bog‘lash zarurligi to‘g‘risida tavsiyalarni berdi.