Yangiliklar
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!
Sizlarni “Davlat organlarida ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish” mavzusida mahorat darsiga taklif etamiz.
Mahorat darsida quyidagilarga alohida eʻtibor qaratiladi:
- ilgʻor xalqaro tajribada ichki nazorat tizimi;
- ichki nazorat komponentlari va tamoyillari;
- davlat organlarida xavflarni boshqarishning zaruriyati va ahamiyati;
- xavflarni boshqarish jarayoni va uning natijadorligi;
- davlat organlarida ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish samaradorligini oshirish yoʻnalishlari.
Mahorat darsi Jabborov Azamat Alijonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat organlari ichki audit tuzilmalari faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) tomonidan olib boriladi.
Sana: 24-mart, 2026-yil
Vaqti: 19:00
Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod koʻchasi, 25-uy. (5-qavat, 4-auditoriya)
Telefon: +998 71 239-03-17