Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar! #GSBE #GraduateSchool #Informationsession #RutgersBusinessSchool

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga AQShning xalqaro biznes va jahon iqtisodiyoti bo‘yicha ekspertlari, nufuzli ta’lim muassasasi “Rutgers Business School” professorlarining Professor Farrokh Langdana, Professor Shen Yeniyurt tashrifi amalga oshiriladi.

Tashrif doirasida “Executive Vision 2026: AQSh bozori va xalqaro raqobat strategiyalari” mavzusida xalqaro savdo aloqalarining zamonaviy tendensiyalari, eksport-import operatsiyalarini samarali tashkil etish, tashqi bozorlarga chiqish strategiyalari, global bozorlarda barqaror raqobat ustunligini shakllantirish omillari hamda strategik boshqaruvning innovatsion yondashuvlariga bag‘ishlangan ochiq axborot sessiyasi tashkil etiladi.

Tadbirda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

- Savdo ziddiyatlari: ularning ta’siri va muzokara olib borish strategiyalari 

- Amerikalik mijoz: AQShda marketing yuritish xususiyatlari

Uchrashuvda ishtirokchilar uchun jahon iqtisodiyotida savdo ziddiyatlari, tarif cheklovlari va geosiyosiy o‘zgarishlar kuchayib borayotgan sharoitda strategik qaror qabul qilish, samarali muzokaralar olib borish va barqaror rivojlanish strategiyalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

Shu bilan birga, Oliy biznes maktabida ijrochi rahbarlar va top-menejerlar uchun amalga oshirilishi rejalashtirilgan xalqaro o‘quv dasturlari bilan tanishish imkoniyati ham bo‘ladi.

Ishtirokchilar uchun xorijiy biznes muhiti bilan bevosita tanishish, yetakchi xalqaro ekspertlar bilan muloqot qilish hamda ilg‘or kompaniyalar faoliyatini o‘rganish maqsadida xorijga o‘quv tashriflari tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.

Joylar soni cheklangan.

Tadbir ingliz va o‘zbek tillarida olib boriladi

Sana: 17-mart, 2026-yil Vaqti: 09:00 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy. (5-qavat, 4-auditoriya) Telefon: 71 239-03-03