Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Biznesni boshqarish: muammolar, samaradorlik va raqobatbardoshlik” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Biznesni boshqarish: muammolar, samaradorlik va raqobatbardoshlik” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi #GSBE #GraduateSchool #Trening #BusinessManagement

Seminar-treningda ko‘p yillik amaliy tajribaga ega tadbirkor, Office-Market, MFaktor va Dekos kompaniyalari asoschisi Hasan Mamasaidov va “Biznesni boshqarish va tadbirkorlik (MBA)” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tinglovchilar bilan biznesni samarali boshqarish masalalari yuzasidan o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Tadbir davomida biznesni boshqarish jarayonida uchraydigan dolzarb muammolarni aniqlash va tahlil qilish, zamonaviy boshqaruv usullarini qo‘llash, samaradorlikni oshirish mexanizmlarini amaliyotga joriy etish masalalari keng yoritildi.

Uchrashuvda raqobatbardoshlikni ta’minlash strategiyalarini ishlab chiqish, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish va yangi boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan atroflicha fikr almashishdi.

Tinglovchilar mavzuga katta qiziqish bildirishdi, real biznes tajribasi asosida keltirilgan misollar yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etishdi, samaradorlik ko‘rsatkichlari va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni bo‘yicha savollar berishdi.

Mazkur seminar-trening ishtirokchilarga biznes boshqaruvi sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirish va raqobatbardosh faoliyat yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi.