Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar! #GSBE #GraduateSchool #Trening #BusinessManagement #HasanMamasaidov

Sizlarni “Biznesni boshqarish: muammolar, samaradorlik va raqobatbardoshlik” mavzusida seminar-trening uchrashuviga taklif etamiz.

Seminar-trening Office-Market, MFaktor va Dekos kompaniyalar asoschisi Hasan Mamasaidov va “Biznesni boshqarish va tadbirkorlik (MBA)” kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

Seminar-treningda ishtirokchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:

  • Biznesni boshqarish jarayonidagi dolzarb muammolarni aniqlash va tahlil qilish;
  • Zamonaviy yechimlar va boshqaruv usullarini qo‘llash;
  • Biznes samaradorligini oshirish mexanizmlarini amaliyotga joriy etish;
  • Raqobatbardoshlikni ta’minlash strategiyalarini ishlab chiqish;
  • Nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish;
  • Yangi boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish.

 

Bundan tashqari tinglovchilar va ma’ruzachilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning innovatsion aloqalari yo‘lga qo‘yiladi.

Sana: 3-mart, 2026-yil

Vaqti: 10:30-11:50

Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy. (5-qavat, 4-auditoriya)

Telefon: +998 71 239-03-02