Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va  mehmonlar! #GSBE #GraduateSchool #MasterClass #Budget #Uzbekistan2030

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi byudjet jarayoni, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasida 2026-yil uchun iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari mavzusida mahorat darsiga taklif etamiz.

Mahorat darsi Artiqov Baxtiyorjon Mahkamovich - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari tomonidan olib boriladi.

Mahorat darsida quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

  • 2026-yil Davlat byudjetining asosiy ko‘rsatkichlari;
  • Byudjet jarayonining bosqichlari va shaffoflik masalalari;
  • “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi ustuvor iqtisodiy yo‘nalishlar;
  • Soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish va fiskal barqarorlik;
  • Davlat xarajatlari samaradorligini oshirish masalalari.

 

Sana: 24-fevral, 2026-yil Vaqti: 19:00 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy. (5-qavat, 4-auditoriya) Telefon: +998 71 239-03-17