Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar! #GSBE #GraduateSchool #Masterclass #MarketingPlan #BusinessStrategy

Sizlarni “Marketing rejalarini ishlab chiqish va ularni boshqarish: strategiyadan amaliy natijagacha“ mavzusida navbatdagi mahorat-darsi uchrashuviga taklif etamiz. Dasturimiz mehmon maruzachisi ALYANS AUTO kompaniyasining marketing, savdo va servis bo‘yicha Bosh direktor o‘rinbosari - Kadirov Sarvar Sabirovich.

Mahorat darsida ishtirokchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:

- Marketing rejasini to‘g‘ri tuzish bosqichlari;

- Bozor va mijozlarni amaliy tahlil qilish usullari;

- Marketing byudjetini samarali taqsimlash;

- KPI va natijani o‘lchash mexanizmlari;

- Rejani bajarishni boshqarish va nazorat qilish;

- Real biznes misollari asosida tahlil va tavsiyalar.

Tadbir o‘zbek tilida olib boriladi.

Sana: 23-fevral, 2026-yil

Vaqti: 9:00-10:30

Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy. (5-qavat, 4-auditoriya)

Telefon: +998 91 163-51-15