Yangiliklar
“Soliqlarni optimallashtirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida magistratura mutaxassisliklari (MBA-Moliyа, Global menejment va Tashkiliy liderlik) tinglovchilari uchun “Soliqlarni optimallashtirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda United Tax Advisors (UTAX), UTAX Academy, O‘rtak Global, UTAX Group System, Alliance Business Club asoschisi Murod Muxamedjanov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Tinglovchilarga soliq qonunchiligining amaldagi holati, so‘ngi yillarda kiritilgan o‘zgarish, qo‘shimchalar va ularning amaliyotga ta’siri haqida kengroq ma’lumot berildi. Soliqlarni qonuniy va samarali tarzda optimallashtirish bo‘yicha to‘g‘ri yondashuvlar, strategiyalar hamda keng tarqalgan xatolar tahlil qilindi.
Mashg‘ulot jarayonida nazariy bilimlar amaliy misollar bilan mustahkamlanib, real vaziyatlar asosida tushuntirishlar berildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish, xatolarning oldini olish va moliyaviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha foydali tavsiyalarga ega bo‘lishdi.
Bunday interaktiv mashg‘ulotlar tinglovchilarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, innovatsion yondashuvlarni o‘rganish va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.