Yangiliklar
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, tinglovchilar va mehmonlar!
Sizlarni Jahon banki vakili - Mixail Lokshin ishtirokidagi ochiq master-klassga taklif etamiz.
Mavzu: "Xalqaro akademik karyera qurish: tadqiqot, nashr va davlat siyosatiga ta’siri"
Mixail Lokshin - Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi. U rivojlanish iqtisodiyoti, kambag‘allik va tengsizlikni o‘lchash, mehnat bozori hamda amaliy ekonometrika yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi va 50 dan ortiq xalqaro ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.
Master-klass davomida Siz:
- Jahon bankidagi iqtisodchi sifatidagi professional faoliyat yo‘li;
- Jahon banki tadqiqotlari davlat siyosatini shakllantirishga qanday ta’sir ko‘rsatishi;
- Xalqaro rеtsenziyalangan jurnallarda tadqiqotlarni chop etilish talablari hamda ilmiy maqolani tayyorlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida amaliy tavsiyalar bilan tanishish imkoniga ega bo'lasiz.
Sana: 20-fevral
Vaqti: 10:00
Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (5-qavat, 4 auditoriya)
Telefon: +998 71 239-03-27