Yangiliklar
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!
Sizlarni “Soliqlarni optimallashtirish” mavzusidagi seminar-treningga taklif etamiz. Bizning mehmon ma’ruzachimiz: Murod Muxamedjanov - soliq maslahatchisi.
Seminar-treningda ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
Soliq optimallashtirishning amaliy usullari va samarali strategiyalari bilan tanishish;
Korxona moliyasini samarali boshqarish va soliq yukini kamaytirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish;
Raqamli iqtisodiyot kontekstida soliq rejalashtirish va strategiyalarni tahlil qilish;
Shaxsiy maslahatlar orqali amaliy tajriba orttirish;
Moliyaviy rejalashtirish va soliq masalalarida real biznes holatlariga asoslangan tavsiyalar olish.
Murod Muxamedjanov United Tax Advisors (UTAX), UTAX Academy, O‘rtak Global, UTAX Group System hamda Alliance Business Club asoschisi hisoblanadi.
Sana: 17-fevral, 2026-yil
Vaqti: 10:30
Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy. (5-qavat, 7-auditoriya)
Telefon: +998 71 239-03-17