Yangiliklar
MBA IT Business bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
13-02-2026 | 3
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Janubiy Koreyaning Ajou universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan MBA IT Business ikki diplomli dasturi bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur dastur doirasida tahsil olgan bitiruvchilar ikki oliy ta’lim muassasasining ta’lim standartlari va akademik yondashuvlari asosida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, xalqaro darajadagi boshqaruv hamda axborot texnologiyalari sohasida chuqur nazariy bilim va amaliy kompetensiyalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirdilar.
Tadbirda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (GSBE) direktor o‘rinbosari Baхrom Xolbayev, Ajou universiteti Xalqaro tadqiqotlar oliy maktabi (GSIS) dekani Byeong Yun Chang, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari ishtirok etdilar.
Tantanali marosim davomida so‘zga chiqqanlar bitiruvchilarni ushbu muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar, yangi marralar va xalqaro maydonda yuksak natijalar tiladilar. Ta’kidlanganidek, mazkur ikki diplomli dastur ikki davlat o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlash, yuqori malakali boshqaruv kadrlarini tayyorlash hamda xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.